Foydalanish yo'riqnomasi
Do'kon haqida
Beek Makon — Zomindagi premium market: oziq-ovqat, ichimliklar, qahva, muzqaymoq va texnika. Do'kon 24/7 ishlaydi. Bu ilova orqali uydan chiqmasdan buyurtma berasiz.
Kirish
1. «Kirish» ni bosing va telefon raqamingizni yozing. 2. Birinchi marta bo'lsa, Telegram botni oching, «Start» ni, keyin «📱 Raqamni yuborish» ni bosing. 3. Bot yuborgan kodni saytga yozing. Bot ichidagi «🛒 Do'kon» tugmasi orqali kirsangiz, kod so'ralmaydi.
Buyurtma berish
1. Mahsulotni toping: nomi yoki toifasi bo'yicha. 2. «Savatga» ni bosing. 3. Savatda «Rasmiylashtirish» → manzil, yetkazish turi va to'lov usulini tanlang. 4. Holat o'zgarsa, botga xabar keladi: Qabul qilindi → Tayyorlanmoqda → Yo'lda → Yetkazildi.
Yetkazib berish
Zomin tumani bo'ylab yetkazamiz (Zomin, Dashtobod va qishloqlar). Ikki usul bor: • Tezkor — 10 000 so'm: bugun, imkon qadar tez olib kelamiz. • Oddiy — 5 000 so'm, 100 000 so'mdan bepul: ertasi kuni 09:00–20:00 da olib kelamiz. Birinchi buyurtmada oddiy yetkazish bepul.
«Namuna» belgisi
«Namuna» belgili mahsulotlar sinov uchun qo'yilgan: ularga berilgan buyurtma TEST buyurtma bo'ladi, haqiqatda yetkazilmaydi va pul olinmaydi.
Ilovani o'rnatish
Android (Chrome): pastda chiqadigan «O'rnatish» tugmasini bosing. iPhone (Safari): «Ulashish» → «Bosh ekranga qo'shish».